» » Deputatlar Qorapalpog‘istonning Chimboy tumani aholisi bilan bevosita muloqot olib bormoqda

Deputatlar Qorapalpog‘istonning Chimboy tumani aholisi bilan bevosita muloqot olib bormoqda


Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari aholining barcha toifalari bilan muloqot o‘tkazgan holda haqiqiy ahvolni, hokimiyat idoralari, prokuratura va ichki ishlar bo‘limining faoliyatini puxta o‘rganmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy saytida xabar berildi.

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 7 nafar deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi ishlarning holati o‘rganilib, tahlil qilinmoqda.

Ushbu uchrashuvlarni o‘tkazish davomida deputatlar tomonidan hududda joylashgan “Koksuu”, “Taza jol”, “Tagjap”, “Pashentau”, “Baxtli”, “Kosterek”, “Kenes”, “Kizil-ozek”, “Kamis-arik”, “Tazgara” fuqarolar yig‘inlaridagi 251 ta xonadonga tashrif buyurilib, har bir xonadon vakillari bilan muloqot olib borildi. Uchrashuvlarda 1209 nafar fuqaro qamrab olindi.

Muloqot davomida “Kamis-arik” OFY raisi E.Makulbayev Mayjap kanalining bekilib qolganligi sababli ushbu kanalning 4,5 km uzunlikdagi qismini qayta qazish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy yordam berishni so‘ragan. Masala yuzasidan Chimboy tumani Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi rahbariga tegishli ko‘rsatma berildi va joriy yil mart oyining birinchi o‘n kunligida kanalni tiklash ishlari amalga oshirilishi bo‘yicha kafolat xati olindi.

Kuzatish natijalariga ko‘ra Chimboy tumani tibbiyot birlashmasida jami 172 ta shifokor faoliyat yuritadi va hozirgi kunda anesteziolog-reanimatolog, neyroxirurg, allergolog, patolog anatom, gastroenterolog kabi shifokorlarga  ehtiyoj mavjudligi aniqlangan.

Parlament vakillarining xalq bilan muloqotlari joylarda qizg‘in davom etmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют