» » Namangan viloyatida 484 million so‘mga qurilgan yangi madaniy markaz foydalanishga topshirildi

Namangan viloyatida 484 million so‘mga qurilgan yangi madaniy markaz foydalanishga topshirildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi "2013-2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida Namangan viloyatida 2013-2018-yillarda 84 ta madaniyat va aholi dam olish markazi tashkil etish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘tgan yili Namangan, Yangiqo‘rg‘on, Norin tumanlarida shunday markazlar foydalanishga topshirildi va ular aholining bo‘sh vaqti mazmunli o‘tishi, madaniy hordiq chiqarishi, xalq ijodiyoti, badiiy havaskorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Pop tumani Yangiobod qishlog‘ida 484 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshirildi. Markazda xalq ijodiyotini asrab-avaylash va rivojlantirish, professional va havaskor badiiy jamoalar, ayniqsa, yoshlarning samarali ijod qilishi, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratildi. Konsert zali, milliy sozandalik va xonandalik to‘garaklari zarur jihoz va asboblar bilan ta’minlandi.

Viloyat va tuman san’atkorlari, badiiy havaskorlik jamoalarining konsert dasturi tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

 

Manbaa: Daryo.uz

 

Опубликовано: ProSamo (12-03-2015, 21:21)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 46) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют