» » Samarqandda “Gazel” mikroavtobuslari ishlab chiqarilishi mumkin

Samarqandda “Gazel” mikroavtobuslari ishlab chiqarilishi mumkin


Rossiyaning yengil avtomobillar, mikroavtobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyasi — “GAZ” guruhi Samarqand yoki O‘zbekiston hukumati tavsiya etgan boshqa joyda mikroavtobuslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

24post’ning yozishicha, bu haqda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Rossiya hukumatlararo komissiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tgan 18-yig‘ilishida ishtirok etgan Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov ma’lum qilgan.

Yengil avtomobillar, mikroavtobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyaning yetakchi shirkati — “GAZ” guruhi Samarqand avtomobil zavodida yoki O‘zbekiston hukumati tomonidan tavsiya etilgan boshqa maydonda o‘z avtomobillari, jumladan, mikroavtobuslarni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etishdan manfaatdor. O‘zbekiston rahbariyati bunday loyihani amalga oshirish uchun hech qanday to‘siq ko‘rmayotganini bildirgan.

Viktor Yevtuxov, Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.

Unga ko‘ra, 2017—2021-yillar oralig‘ida 8 600 ta yo‘lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5 700 ta umumiy foydalanishga qulay mikroavtobus sotib olinishi rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 143) ( 0) ( 141) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют