» » Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-fevral kuni Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Rossiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari ko‘plab yo‘nalishlarda, xususan, savdo-iqtisodiy sohada izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini yanada diversifikatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida uzoq muddatli amaliy aloqalarni o‘rnatish, shuningdek, yangi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya muhim o‘rin tutayotganini qayd etdilar.

Kozak samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Rossiya O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 21:36)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют