» » O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi


Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish borasida O‘zbekiston tomonidan bir qator takliflar bildirildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari  Rustam Azimov yig‘ilishning kirish qismidagi nutqida bu masalaga to‘xtalib o‘tdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Gubkin nomidagi davlat neft-gaz universiteti, Plexanov nomidagi iqtisodiyot universitetining filiallari muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganini ta’kidlab o‘tdi. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filialida amaliy matematika va informatika mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini ochish, keyinchalik tabiiy fanlar bo‘yicha yangi fakultetni ochish masalasi taklif qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda Texnologik ilmiy-tadqiqot universitetining qora va rangli metallar, tog‘ ishi va geologik tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha filialini ochish masalasi ham taklif qilindi. Bu masalada Gubkin nomidagi davlat neft-gaz universiteti va Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti o‘rtasida hamkorlikda o‘quv dasturini amalga oshirish yuzasidan kelishuv imzolanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют