» » O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Zoyir Mirzayev Xanoyda Vyetnam prezidenti Chan Day Kuang bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Zoyir Mirzayev Xanoyda Vyetnam prezidenti Chan Day Kuang bilan muzokaralar o‘tkazdi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev Xanoyda Vyetnam prezidenti Chan Day Kuang bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda. 

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2016-yilda 37,42 million dollarni tashkil etgani qayd etildi. Vyetnam rahbari tomonlar savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya doirasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish choralarini ishlab chiqishi lozimligini ta’kidladi.

Chan Day Kuang O‘zbekiston va Vyetnam to‘qimachilik, farmatsevtika, fermerlik, poyabzal ishlab chiqarish, turizm va boshqa sohalarda hamkorlik qilishi mumkinligiga e’tibor qaratdi. O‘z navbatida, Zoyir Mirzayev O‘zbekiston Vyetnam bilan savdo-iqtisod, moliya-investitsiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Zoyir Mirzayev Chan Day Kuangga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga tashrif buyurish taklif etilgan maktubini topshirdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют