» » Novosibirsk viloyati gubernatori meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishni muhokama qilish uchun O‘zbekistonga keldi

Novosibirsk viloyati gubernatori meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishni muhokama qilish uchun O‘zbekistonga keldi


Rossiyaning Novosibirsk viloyati delegatsiyasi gubernator Vladimir Gorodetskiy rahbarligida O‘zbekistonga hukumat taklifi bilan keldi, deb yozadi UzDaily. Delegatsiya tarkibiga Rossiya ishbilarmon va biznes doiralari vakillari kirdi.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov hamda Bosh vazir o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida savdo hajmini oshirish va meva-sabzavot mahsulotlarini tizimli markazlashtirilgan tarzda yetkazib berishni tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra 2017—2019-yillarda savdo uyi orqali O‘zbekistondan Sibir federal okrugiga yil bo‘yi meva-sabzavot yetkazishni tashkil qilish haqida bitim imzolandi.

Shuningdek, Rossiya delegatsiyasi “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasiga va Gold Dried Fruits majmuasiga tashrif buyurdi.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют