» » Abdulaziz Kamilov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkovani qabul qildi

Abdulaziz Kamilov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkovani qabul qildi


O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ikki tomon munosabatlarida vujudga kelgan muayyan to‘xtalish hamkorlikning holati va istiqbollariga zamonaviy shartlar asosida yangicha nigoh tashlashga imkon berishi ta’kidlandi.

Muloqot davomida YTTB prezidenti Suma Chakrabartining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi kun tartibi, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют