» » Tramp Yevropada may oyida bo‘lib o‘tadigan NATOga a’zo davlatlar yetakchilari uchrashuvida ishtirok etadi

Tramp Yevropada may oyida bo‘lib o‘tadigan NATOga a’zo davlatlar yetakchilari uchrashuvida ishtirok etadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropada may oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan NATOga a’zo davlatlar yetakchilarining uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Prezident Tramp Yevropada may oyi oxirida NATO yetakchilari uchrashuvida qatnashishga rozi bo‘ldi”, — deyiladi Trampning NATO bosh kotibi bilan Yens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqoti yakunlari bo‘yicha tarqatilgan bayonotda.

“Yetakchilar NATOning barcha a’zolarini alyansni moliyalashtirish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga ko‘ndirish yo‘llarini muhokama qildi. Tomonlar alyans to‘qnash kelayotgan xavfsizlikka tahdidlarga munosabat bildirish borasida AQSh va NATOning harakatlarini muvofiqlashtirish zarurligi haqida bir to‘xtamga keldi”, — deya ta’kidladi Oq uy matbuot xizmati.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют