» » Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Xabar berishlaricha, Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston prezidenti saylovidagi g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari lavozimidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqotda saylov natijalari Turkmanistonda xalq farovonligini yuksaltirish, mamlakatni izchil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chuqur o‘ylangan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarga turkman xalqi yuksak ishonch bildirayotgani va ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganining yana bir yorqin ifodasi bo‘lgani qayd etildi.

Davlatlar rahbarlari o‘zaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etib, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muhim jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Turkmaniston faol tashqi siyosat yuritayotgani va Gurbanguli Berdimuhamedovning tashabbuslari xalqaro maydonda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

Prezidentlar davlatlararo munosabatlar turli darajalarda sezilarli miqyosda faollashgani, o‘zaro manfaatli hamkorlik kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston hukumat delegatsiyalarining amaliy tashriflari yakunlarini, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi hamkorlikni ijobiy baholadilar.

Davlat rahbarlari ikki qardosh mamlakat o‘rtasida amaliy va ochiq muloqotni jadal rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlab, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar samaradorligini yanada oshirish uchun mavjud ulkan salohiyatni to‘la ishga solishga tayyor ekanini bildirdilar.

Muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlat rahbari lavozimida ulkan yutuqlar, Turkmaniston xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

“Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muloqotga xos bo‘lgan samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют