» » Gurbanguli Berdimuhamedov prezidentlik saylovida ovoz berish uchun saylov uchastkasiga oilasi bilan keldi

Gurbanguli Berdimuhamedov prezidentlik saylovida ovoz berish uchun saylov uchastkasiga oilasi bilan keldi


Turkmanistonning amaldagi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov 12-fevral, yakshanba kuni Ashxaboddagi Annaniyoz Ortiq nomli maktabda joylashgan saylov uchastkasida mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovida ovoz berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

U saylov uchastkasiga oilasi — ota-onasi, o‘g‘li, qizlari va nabiralari bilan keldi. Oilaning barcha ayollari milliy libos, erkaklar esa kostyumda bo‘lgani bildirilmoqda.

Ovoz berishdan so‘ng Gurbanguli Berdimuhamedov OAV vakillari bilan muloqotda bo‘ldi. U kuzatuvchilar va jurnalistlarni saylovdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik izhor etdi, mamlakatning xalqaro sahnadagi muvaffaqiyatlariga e’tibor qaratdi. Jumladan, BMT aynan Turkmaniston tashabbusi bilan 12-dekabrni Xalqaro betaraflik kuni deb e’lon qildi.

Turkmaniston prezidenti lavozimiga 9 kishiga da’vogarlik qilmoqda. Mamlakatda ovoz berish mahalliy vaqt bilan 19:00 da yakunlanadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 15) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют