» » Turkmanistonda prezident saylovi birinchi marta siyosiy partiyalardan nomzodlar ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda

Turkmanistonda prezident saylovi birinchi marta siyosiy partiyalardan nomzodlar ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda


Bugun, 12-fevral kuni Turkmanistonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu prezident saylovi respublika mustaqillikka erishganidan keyingi beshinchisi, siyosiy partiyalardan nomzodlar ishtirokidagi birinchisidir, deb yozadi “TASS”.

Davlat rahbari lavozimiga to‘qqiz kishi, shu jumladan, amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhammedov da’vogarlik qilmoqda.

Ushbu yangilik mamlakat konstitutsiyasining 2016-yil sentabrda tasdiqlangan so‘nggi tahririga muvofiq kiritildi, unda ko‘ppartiyaviylik haqidagi qoidalar, fuqarolik jamiyati va jamoatchilik birlashmalarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish zarurligi belgilandi. Prezident vakolatlari muddati 5 yildan 7 yilgacha uzaytirildi, prezidentlikka nomzodlar uchun yosh chegarasi olib tashlandi, u avval 70 yoshni tashkil etar edi.

Respublikaning asosiy qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olib, 2016-yilning 14-dekabrida nomzodlarni saylovlarda ishtirok etish uchun ilgari surish boshlandi, 26-dekabrda esa ular Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olindi.

Saylov mahalliy vaqt bilan 07:00 dan 19:00 gacha (Toshkent vaqti bilan bir xil) bo‘lib o‘tadi. Saylovlarda jami 2578 ta saylov uchastkasi ochiladi, shularning 39 tasi Turkmanistonning mamlakatdan tashqaridagi diplomatik missiyalari qoshida ochiladi.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют