» » Oq uy vakili Eron rahbarining AQShga qaratilgan gaplariga javob qildi

Oq uy vakili Eron rahbarining AQShga qaratilgan gaplariga javob qildi


Oq uy vakili Shon Spayser 8-fevral, chorshanba kungi brifingda Eron rahbariyati AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan “qo‘l qovushtirib o‘tirmoqchi emasligi”ni tushunishi kerakligini aytdi, deb yozadi “Interfaks”.

“Ular (eronliklar) AQShda rulni yangi prezident boshqarayotgani va bu prezident qo‘l qovushtirib o‘tirib, Eronga (Eron yadro dasturini tartibga solish bo‘yicha) birgalikdagi harakatlar rejasini buzishga yo‘l qo‘yib bermasligini tushunib oladi. U o‘z nuqtai nazariga ko‘ra zarur bo‘lgan harakatlarni qabul qilishda davom etadi. Prezident ushbu harakatlar qanaqa bo‘lishini oshkor etmasligini qayta-qayta takrorlamoqda. U muzokaralar stolidan hech narsani olib tashlamoqchi emas”, — dedi Spayser Eron Islom respublikasi rahbari oyatulloh Xomanaiyning AQSh ma’muriyatiga qaratilgan gaplariga Trampdan javob reaksiyasi kutiladimi, yo‘qmi degan savolga javob berar ekan.

“Eron, agar bu yangi prezident ekanligini tushunmasa, o‘zini aldayotgan bo‘ladi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Oq uy vakili.

Avvalroq Eron diniy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimini egallaganidan keyingi birinchi nutqida Amerikaning “haqiqiy qiyofasi”ni ochib berganini bildirgan edi.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют