» » Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida veterinariya meditsinasi instituti tashkil etiladi

Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida veterinariya meditsinasi instituti tashkil etiladi


Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Qaror bilan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilib, institut va uning qoshidagi akademik litsey Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Institutda veterinariya va chorvachilik sohasi uchun yangi zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.2018—2019-o‘quv yilida institut magistratura bosqichiga (50 kishi) O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Institutning bakalavriat bosqichiga qabul kvotasi 800 kishi, shu jumladan to‘lov-kontrakt asosida 525 kishi, davlat granti asosida 275 kishi etib belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют