» » Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qancha kishi qabul qilinishi aniq bo‘ldi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qancha kishi qabul qilinishi aniq bo‘ldi


2018/2019-o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Inson va qonun” nashri yozmoqda.

Qarorga muvofiq, 2018/2019-o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 400 kishi to‘lov kontrakt asosida qabul qilinadi:

– “Mashinasozlik texnologiyasi” — 200 kishi;

– “Sanoat-fuqarolik qurilishi va arxitektura” — 50 kishi;

– “Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi” — 100 kishi;

– “Aviakosmik injiniring” — 50 kishi.

Magistratura bosqichiga 25 kishi “Mexatronika” yo‘nalishiga to‘lov kontrakt asosida qabul qilinadi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi), “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor xo‘jalik birlashmalari hamda korxonalari tomonidan notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasasidir.

Abituriyentlarni qabul qilish va Universitet bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, Turin politexnika universitetida (Italiya Respublikasi) belgilangan tartib, talab va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют