» » 2018/2019-o‘quv yilida tibbiyot bilim yurtlarida qabul kvotalari oshiriladi

2018/2019-o‘quv yilida tibbiyot bilim yurtlarida qabul kvotalari oshiriladi


“Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab davlat granti asosida “psixiatriya” yo‘nalishi bo‘yicha magistrlarni tayyorlash yuzasidan oliy tibbiyot ta’lim muassasalarida qabul kvotalari oshiriladi, deb xabar berdi O‘zA.

Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasiga – 15 nafar, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot institutiga – 10 nafardan qabul kvotalari oshiriladi.

Bundan tashqari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot institutlarida bazaviy tibbiyot ma’lumotiga ega bo‘lgan vrachlar uchun “psixiatriya” va “suitsidologiya” yo‘nalishlarida ixtisoslashuv kurslari tashkil qilinadi.

Barcha tibbiyot ta’lim muassasalari va ularning filiallarida “psixiatriya” yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturada o‘qish uchun o‘rinlar soni 10 tagacha ko‘paytiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют