» » 2018-yilda tibbiy oliy oquv yurtlari bakalavr yonalishiga maqsadli qabul 20 foizga oshiriladi

2018-yilda tibbiy oliy oquv yurtlari bakalavr yonalishiga maqsadli qabul 20 foizga oshiriladi


2018-yilda bakalavriat talim yonalishining maqsadli qabul kvotasini 2017-yilga nisbatan 20 foiz oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning yillik hisobotida malum qilindi.

Tibbiy talim boyicha eng muhim hodisa, oqish muddatlarining qisqartirilgani boldi. Shuningdek, kasbiy fanlar bloki kengaytirilib, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki 7 foizgacha qisqartirildi, klinikagacha va klinikaga oid fanlar uchun soatlar hajmi 85 foizgacha kopaytirildi. 20172018-oquv yilidan boshlab birinchi marta maqsadli qabul yolga qoyildi va 2017-yilda tibbiy oliy oquv yurtlariga maqsadli qabul uchun 1 ming 180 orin ajratildi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 2018-yilda bakalavriat talim yonalishining maqsadli qabul kvotasini 2017-yilga nisbatan 20 foiz oshirish, maqsadli magistraturani 10 foiz kopaytirish, klinik ordinatura qabul kvotasini 15 foiz oshirish belgilandi.

2017-yil investitsiya dasturiga kora 27,6 milliard som mablag evaziga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining simulyatsiya markazi va klinikasida, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining 120 orinli, Andijon davlat tibbiyot institutining 120 orinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 orinli, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 100 orinli jami 540 orinli klinikalarda qurilish, rekonstruksiya va kapital tamirlash ishlari amalga oshirilmoqda, deyiladi hisobotda.

2018-yil investitsiya dasturi doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining simulyatsiya markazi, mazkur institut Nukus filialining 120 orinli, Andijon davlat tibbiyot institutining 120 orinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 orinli klinikalarida qurilish va rekonstruksiya ishlarini davom ettirish uchun 31,8 milliard som mablag ajratilishi rejalashtirilgan.

: admin (2-01-2018, 11:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -