» » O‘zbekistonlik shifokorlar xorijdagi yetakchi tibbiy va ilmiy muassasalarga malaka oshirish uchun yuboriladi

O‘zbekistonlik shifokorlar xorijdagi yetakchi tibbiy va ilmiy muassasalarga malaka oshirish uchun yuboriladi


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 736-son “Davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasi va kasb ko‘nikmalarini oshirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.

Davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi takomillashmoqda. Xususan, tanlov asosida tanlab olingan tibbiyot xodimlari markazlashtirilgan holda yetakchi xorijiy tibbiyot va ilmiy muassasalarga yuboriladi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonga malakali xorijiy tibbiyot mutaxassislari mahorat saboqlarini o‘tkazish hamda mamlakatimiz tibbiyot xodimlarini tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish uchun jalb qilinadi. Qisqa muddatli mehnat shartnomalari bo‘yicha jalb etishda ularni mehmonxonalarga joylashtirish qabul qiluvchi taraf tomonidan tashkil etiladi. Shuningdek, ularga Markaziy bankning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha 20 AQSh dollari ekvivalentida har kunlik norma bo‘yicha so‘mda sutkalik pul to‘lanadi.

Tariflangan jarayonlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan (Sog‘liqni saqlash vazirligi takliflariga asosan) har yili tasdiqlanadigan reja-jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 16:57)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют