» » O‘zbekistonda oliy ma’lumotli hamshiralarning malaka oshirish joyi o‘zgardi

O‘zbekistonda oliy ma’lumotli hamshiralarning malaka oshirish joyi o‘zgardi


Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari va tibbiyot texnikasi bo‘yicha muxandis-texnik xodimlar ham malaka oshiradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati boshlig‘i Furqat Sanayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ilgari oliy ma’lumotli hamshiralar Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirishdan o‘tkazish markazida malaka oshirar edi. “Ammo ushbu mezon o‘zini oqlamadi”, — deydi Sanayev.

Xabar berishlaricha, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari va aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlarning tibbiyot xodimlari malakasini oshirishning yagona elektron ma’lumotlar bazasi joriy etiladi.

Ushbu bazada malaka oshirish tizimiga doir barcha ma’lumotlar bitta joyda jamlanadi, unga mutaxassislar, o‘quv dasturlari, malaka oshirish soatlari, malaka oshirgan mutaxassis haqida ma’lumotlar kiritiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют