» » Namanganda O‘zbekiston stomatologlari anjumani bo‘lib o‘tdi

Namanganda O‘zbekiston stomatologlari anjumani bo‘lib o‘tdi


Namanganda “Stomatologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika Stomatologlar assotsiatsiyasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti va Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonning nufuzli tibbiyot muassasalari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari shifokor-olimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan stomatologlar ishtirok etdi.

Anjumanda stomatologiya xizmatini yanada takomillashtirish, tish kasalliklarini barvaqt aniqlash va samarali davolash borasidagi izlanishlar natijalari, to‘plangan tajribalar atroflicha muhokama etildi.

Jumladan, tadbirda Toshkent davlat stomatologiya instituti va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti professor-o‘qituvchilari “O‘zbekistonda stomatologiya xizmatining muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari”, “Odontogen yallig‘lanish kasalliklarini tashxislash va davolash muammolari”, “Yuqori lab va tanglay kemtikliklari bo‘lgan bolalarni erta kompleks davolash tadbirlari”, “Jag‘larning nuqsoni va shakl buzilishini tashxislash va davolash”, “Bolalarda sut va doimiy tishlar kariyesi: zamonaviy diagnostika, profilaktika va davolash usullari” kabi mavzulardagi ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashdi.

Ishtirokchilar tibbiyot fanining stomatologiya yo‘nalishidagi yutuqlari bilan atroflicha tanishtirildi, yangi g‘oya va izlanishlardan boxabar qilindi. Tadbir yakunida sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqdi.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют