» » Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining tuzilmasi tasdiqlandi

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining tuzilmasi tasdiqlandi


Prezidentning 15-fevraldagi qarori (pdf) bilan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining, shuningdek, uning hududiy bo‘linmalarining tuzilmasi tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 37 nafardan iborat tuzilmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari keltirilgan.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga birlashtirish yo‘li bilan uni qayta tashkil etish, mazkur markazlarning shtatlar sonini optimallashtirish hamda birkitib qo‘yilgan binolar, inshootlar va boshqa mol-mulklarni ularda saqlab qolish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining markaziy apparati Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 17-uyda joylashtiriladi.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют