» » Toshkentdagi “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylarining egasi o‘zgardi

Toshkentdagi “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylarining egasi o‘zgardi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, bir guruh muassasalar boshqa tashkilotlarning tasarrufiga o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatildi. Uning o‘rnida Madaniyat vazirligi va Sport qo‘mitasi tuzildi

Xususan, “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari Toshkent shahar hokimligi ixtiyoridan Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan. Bu qaror “madaniy-ommaviy tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazishni kengaytirish maqsadida” qabul qilingan. “Ularning o‘z daromadlari bilan qoplanmaydigan qismidagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika byudjetidan mablag‘ ajratilishi belgilandi”, — deyiladi O‘zA sharhida.

Bundan tashqari, Xalq ta’limi vazirligiga qarashli R.Glier va V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan akademik musiqa litseylari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi, 301 ta bolalar musiqa va san’at maktabi Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Ayni vaqtda, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, sport yo‘nalishi bo‘yicha 256 ta sport maktabi va sport yo‘nalishidagi maktab-internatlari Xalq ta’limi vazirligi ixtiyoridan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют