» » “O‘zbeknavo” tugatiladi. Uning o‘rniga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil etiladi

“O‘zbeknavo” tugatiladi. Uning o‘rniga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil etiladi


“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab qo‘yilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatildi. Uning o‘rnida Madaniyat vazirligi va Sport qo‘mitasi tuzildi

Prezident farmoniga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya olish uchun to‘lanadigan davlat boji ajratmalari, shuningdek, vazirlik tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari va daromadlaridan ajratmalar jamg‘arma daromadlarining manbalari hisoblanadi.

Mazkur jamg‘arma mablag‘lari, xususan, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ta’minotiga yo‘naltiriladi. “O‘zbekkonsert” yangi tuzilgan Madaniyat vazirligi huzurida faoliyat olib boradi. Ushbu muassasa o‘zida 2,5 ming ijodiy jamoa va ijrochilarni birlashtiradi.

Qayd etishlaricha, yangi muassasa “musiqa, xoreografiya va estrada san’atini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish, O‘zbekiston xalqining ma’naviyati, yorqin va o‘ziga xos madaniyatini yorituvchi yuksak badiiy va sifatli asarlar yaratishga har tomonlama ko‘maklashish imkonini beradi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 23:29)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют