» » O‘zbekistonda yosh suxandonlar tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda yosh suxandonlar tanlovi o‘tkaziladi


O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan respublika “Yosh suxandonlar” tanlovi o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, tanlov “suxandonlik va boshlovchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlarni aniqlash, ularga har tomonlama ko‘maklashish va rag‘batlantirish, yosh boshlovchi-suxandonlarning ijodiy salohiyatini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoit yaratish, o‘zbek adabiy tilining nufuzini yanada yuksaltirish, yuqori malakali suxandon va boshlovchi kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida” o‘tkaziladi.

Tanlov ikki bosqichda tashkil etilib, unda nutq madaniyatini o‘zlashtirgan, boshlovchi-suxandonlik qobiliyatiga ega bo‘lgan 17 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat va sport ishlari boshqarmalarida 5-fevraldan 18-fevralga qadar qabul qilinadi.

“Mamlakatimizda yashab, ijod qilayotgan suxandonlik va boshlovchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlar respublika ‘Yosh suxandonlar’ tanlovida o‘z salohiyatlarini yana bir namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют