» » Rustam Qurbonov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

Rustam Qurbonov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi etib tayinlandi


Shu kungacha Olimipiya shon-shuhrati muzeyi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Rustam Qurbonov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Madaniyat vazirligi.

Qayd etishlaricha, Rustam Qurbonov mehnat faoliyati davomida bir qator rahbar lavozimlarda xizmat qilgan.

Jumladan, Toshkent shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Bektemir tumani hokimi, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, “O‘zbekturizm” kompaniyasi raisi, Madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimida ishlagan.

Qo‘shimcha qilishlaricha, Rustam Qurbonov 2009-yildan Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori lavomizida faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15-fevraldagi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligini tugatib, uning negizida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasini tashkil qilish haqida ko‘rsatma berilgan edi.

Avvalroq Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan Mahmud Muratov O‘zbekiston madaniyat vaziri etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют