» » Toshkent shahar tibbiyot muassasalari rahbarlari hokim tomonidan tayinlanadi

Toshkent shahar tibbiyot muassasalari rahbarlari hokim tomonidan tayinlanadi


Toshkentdagi tibbiyot markazlari bosh shifokorlari, shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi, shahar diagnostika markazi va tumanlar tibbiyot birlashmalari rahbariyati shahar hokimi tomonidan tayinlanadi. Bu haqda, Toshkent xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahimovaga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Toshkent xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahimovaning qayd etishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni shu haqda qaror qabul qilgan. Avval tayinlash huquqi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli edi.

Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning 17-fevraldagi qarorida bir joyda 10 yildan ortiq faoliyat olib borgan rahbarlarni rotatsiya qilish mexanizmini tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

“Hujjat bilan tibbiyot muassasalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ham rejalashtirilgan”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют