» » O‘zbekistonlik shifokorlar avvallari qariyb 100 tagacha jurnal to‘ldirardi. Endi atigi 20 ta jurnal to‘ldiradi

O‘zbekistonlik shifokorlar avvallari qariyb 100 tagacha jurnal to‘ldirardi. Endi atigi 20 ta jurnal to‘ldiradi


O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga asosan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari (ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari) xodimlari to‘ldirishi lozim bo‘lgan jurnallar soni qariyb 100 tadan 20 tagacha kamaytirilgan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Vazirlikdan ma’lum qilishlaricha, mazkur qaror tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Tahlillarga ko‘ra, ko‘p miqdordagi hujjatlarni to‘ldirish zarurati tibbiyot xodimlarining ko‘p vaqtini olib, ularning samarali faoliyat olib borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, tibbiyot xodimlarining asosiy vazifasi — hujjat to‘ldirish emas, balki odamlar bilan muloqot qilish, kasalliklarning oldini olish, shuningdek, davolashdir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют