» » Toshkentda Respublika jarrohlik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etiladi

Toshkentda Respublika jarrohlik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etiladi


Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasining angionevrologiya bo‘limi negizida Respublika jarrohlik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 14-martdagi qarorida belgilandi. Hujjat matni Lex.uz da e’lon qilindi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.

Markazga angionevrologiya sohasida muvofiqlashtirish markazi funksiyalarini amalga oshirish, miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini eng avvalo hududiy tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish topshirildi.

Shuningdek, markaz malakali angionevrolog mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, hududiy tibbiyot muassasalarida mahorat darslari hamda ko‘rgazmali operatsiyalar, ta’lim beruvchi ma’ruzalar va seminarlar tashkil etish, miya qon-tomir yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish vazifalarini ham bajaradi.

Markaz tomonidan miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini joriy etish yo‘li bilan uyqu va yurakning qon tomirlari arteriyalari shikastlanishiga chalingan bemorlarni davolash, surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalligiga chalinish bilan bog‘liq holatlarni doimiy ravishda tahlil qilgan holda O‘zbekiston Respublikasida insult kasalligi milliy registrini ishlab chiqish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Markaz Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy manzili bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-kilinkasi hududida joylashadi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 8) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют