» » Termizda Respublika urologiya markazi filiali ochiladi

Termizda Respublika urologiya markazi filiali ochiladi


Termizda 2017-yil oxiriga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi (RIUM) filiali ochiladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

40 o‘ringa mo‘ljallangan markaz zamonaviy davolash-diagnostika uskunalari bilan ta’minlanadi. Unda, shuningdek, 10 ta zamonaviy “Sun’iy buyrak” qurilmalari bilan jihozlangan gemodializ bo‘limi ham faoliyat ko‘rsatadi.

RIUM direktori Farhod Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, 2016-yilda markazda davolangan 27 ming bemorning 2711 nafari yoki 10 foizi Surxondaryo viloyati vakillari bo‘lgan. Ularning aksariyati kasallik kuchaygan vaqtda RIUMga murojaat qilgan.

Statistikaga ko‘ra, iqlim sharoitlari va ekologik vaziyat sabab, Surxondaryo viloyatida istiqomat qilayotgan aholi urologik kasalliklarga boshqalardan ko‘ra ko‘proq chalinadi. Bu yerda buyrak-tosh xastaliklari bilan kasallanish darajasi O‘zbekiston bo‘yicha ko‘rsatkichlardan ikki barobar yuqori.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют