» » Nukusda yangi laboratoriya ishga tushdi

Nukusda yangi laboratoriya ishga tushdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-sil kasalliklariga qarshi kurashish dispanserida zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan yangi laboratoriya foydalanishga topshirildi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.

Ilgari sil kasalligini davolashda asosan ko‘krak rentgenografiyasi va biomaterial surmasi tahlili natijasidan foydalanilar edi. Bu usul sil tayoqchalarining dori sezuvchanligini aniqlash imkoniga ega emasdi. Laboratoriyamizga o‘rnatilgan Yevropa andozalaridagi Gene-Xpert, NAIN, MGIT, ERBA kabi zamonaviy uskunalarda sil tayoqchalarining dorilarga sezuvchanligini ikki soat ichida aniqlash mumkin. Natijada, bemorlarga tez va to‘g‘ri tashxis qo‘yilib, emlash rejimi amalga oshiriladi.

B.Xalmuratov, laboratoriya rahbari 

Tadbir ishtirokchilari yangi laboratoriyada yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan TB-PRACTEKAL klinik tadqiqot yo‘nalishi loyihasiga ko‘ra 2-sonli respublika sil kasalliklariga qarshi kurashish dispanserida foydalanishga topshirilgan 30 o‘ringa ega yangi davolash bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют