» » Toshkentda BMTning Orolbo‘yi mintaqasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qo‘shma dasturini ishga tushirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Toshkentda BMTning Orolbo‘yi mintaqasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qo‘shma dasturini ishga tushirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi


Toshkentda “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” yangi Qo‘shma Dasturini ishga tushirishga bag‘ishlangan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutasaddilari ma’lum qildi.

Mazkur tadbirda ishtirok etish va milliy hamkorlar bilan uchrashish uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha bo‘lim rahbari Mehrnaz Mustavafi va Inson xavfsizligi bo‘yicha maqsadli fond (BMTIXMF) vakili Marteyn Dalxaiyjendan iborat BMT missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tadbir davomida Orol inqirozining asoratlari, ularning yechimini topishda O‘zbekiston hukumati BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan chora-tadbirlar haqida taqdimotlar va ma’ruzalar orqali xabar berildi. Qatnashchilar 2012—2016-yillarda BMTIXMF mablag‘i hisobiga Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan birinchi Qo‘shma Dastur natijalari bilan tanishtirildi.

BMTning O‘zbekistondagi agentliklari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi Dastur BMTIXMFning moliyaviy ko‘magi hamda uni amalga oshirilishida ishtirok etayotgan agentliklarning ichki resurslari hisobiga moliyalashtiriladi.

Mazkur Dasturda inson xavfsizligini ta’minlashga, Orol inqirozi asoratlarining salbiy ta’siriga duchor bo‘lgan hududlar aholisiga alohida e’tibor berilgan. Dasturning eng ahamiyatli vazifalaridan biri turmush tarzi sifatini yaxshilash, aholi uchun daromad olish imkoniyatlarini kengaytirishdir. Shuni alohida qayd etish joizki, BMT dasturida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” hukumat dasturidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlar, Orolbo‘yi mintaqasini 2017—2021-yillarda rivojlantirish bo‘yicha davlat Dasturidagi vazifalar o‘z aksini topgan.

Yangi Dasturning muhim maqsadlaridan biri Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro ko‘psheriklik fondini tuzish hisoblanadi. Tuzilayotgan fondning faoliyati, birinchi navbatda, mazkur yo‘nalishdagi tashabbuslarni hamda hudud rivojining yaxlit Dasturi shaklida xalqaro hamjamiyat tomonidan sarmoyalashtirilayotgan moliyaviy mablag‘larni muvofiqlashtirish uchun samarali mexanizmni ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekistonga kelgan BMT missiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurish, taqdimotlar o‘tkazish, Qo‘shma Dasturda nazarda tutilgan muhim tadbirlar o‘tkaziladigan maqsadli tumanlar bilan tanishishni rejalashtirmoqda. Inson xavfsizligi Konsepsiyasining mazmuni haqidagi batafsil axborotni mutaxassislar 16-fevral kuni mahalliy idoralar, vazirliklar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida poytaxtda o‘tadigan seminar chog‘ida taqdim etadi.

Tadbir yakunida yangi tashabbus doirasida suvga oid loyihani amalga oshirish borasida O‘zbekistondagi BMTTD va Shveysariyaning rivojlanish va hamkorlik agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik haqidagi shartnoma imzolandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 10:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют