» » Termizda ko‘p qavatli arzon uylar, dehqon bozori, savdo kompleksi, yoshlar bog‘i qurilmoqda. Shavkat Mirziyoyev ularning barini borib ko‘rdi

Termizda ko‘p qavatli arzon uylar, dehqon bozori, savdo kompleksi, yoshlar bog‘i qurilmoqda. Shavkat Mirziyoyev ularning barini borib ko‘rdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida bunyod etiladigan ko‘p qavatli arzon, zamonaviy uy-joylar, dehqon bozori va savdo kompleksi, zamonaviy istirohat bog‘i loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2016-yil 22-noyabrdagi Prezident qaroriga muvofiq, Termiz shahrida 34 yetti qavatli arzon uy-joy bunyod etilishi belgilangan. Imtiyozli ipoteka krediti asosida beriladigan ikki, uch va to‘rt xonali 5 ta uy Sulton Saodat ko‘chasida bunyod etilmoqda.

210 xonadonga mo‘ljallangan zamonaviy uylar uchun o‘n gektar yer ajratilgan. Loyihaga ko‘ra, bu yerda ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, mahalla markazi quriladi.

“Prezidentimiz yangi uylarni eng ulug‘, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligigacha foydalanishga topshirish, ularda aholining yashashi uchun barcha sharoit yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi”, — deyiladi O‘zA xabarida.

Termizning Navoiy ko‘chasida quriladigan dehqon bozori va savdo kompleksi loyihasiga 40 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Kompleksda dehqon bozori pavilyonlari, ikkita ko‘p qavatli zamonaviy supermarket, avtomobillar turar joyi qurish va yil oxirigacha foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

Termiz shahrida yoshlar bog‘i barpo etiladi. O‘zbekiston Prezidenti bog‘ loyihasi bilan tanishar ekan, mazkur bog‘ni shahar aholisi farzandlari bilan sayr qiladigan, hordiq chiqaradigan maskanga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan loyihani yana bir bor sinchiklab ko‘rib chiqish lozimligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo bo‘yida bunyod etilayotgan “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish markazi, bu yerda bolajonlar uchun tashkil etiladigan infratuzilma obyektlari loyihasi bilan ham tanishdi. Shuningdek, shu kuni Prezident Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasini ham borib ko‘rdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют