» » Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda Vyetnam texnologiyasi asosida Afrika laqqasi yetishtiradigan majmua loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda Vyetnam texnologiyasi asosida Afrika laqqasi yetishtiradigan majmua loyihasi bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz tumanida tashkil etiladigan baliqchilik kompleksi loyihasi bilan tanishdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 186 baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Endi ularning safiga “Termiz agro fish eksport” agrofirmasi ham qo‘shiladi.

Bu yerda baliq yetishtirish bilan birga baliq ozuqalarini ishlab chiqarish, viloyatda yetishtiriladigan baliq mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish ishlari ham amalga oshiriladi.

Korxonada Vetnam texnologiyasi asosida Afrika laqqasi, karp kabi baliqlar yetishtiriladi. Suvni muntazam tozalab berishga asoslangan ushbu texnologiya baliq yetishtirish samaradorligini besh barobarga oshiradi.

Komleksda 500 tonna baliqni qayta ishlash, 105 ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan.

“Xalqimiz baliqni luqmai halol deb atashida katta hikmat bor, dedi Prezidentimiz. Uning tarkibida inson salomatligi uchun juda muhim bo‘lgan elementlar, vitaminlar mavjud”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Surxondaryo baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun zarur tabiiy iqlim, suv zaxiralariga ega. Bundan unumli foydalanish, ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun maxsus dastur ishlab chiqish kerak. Baliqchilikni chuqur biladigan mutaxassislar tayyorlash maqsadga muvofiqdir.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 18:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют