» » O‘zbekistonda xususiy maktablarga davlat namunasidagi attestatlar topshirishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda xususiy maktablarga davlat namunasidagi attestatlar topshirishga ruxsat berilishi mumkin


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Hujjat loyihasiga muvofiq, O‘zbekistonda nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilariga attestatlar berilishi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan yakuniy attestatsiyaga qo‘yilgan bitiruvchilar sonidan kelib chiqqan holda attestatlar berish uchun xususiy maktablardan kelib tushgan murojaatlar asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Davlat inspeksiyasi xususiy maktab bitiruvchilariga beriladigan attestatlar namunalarini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Ta’kidlanishicha, nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan attestatlar ularga keyingi darajadagi ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirish huquqini beradi.

Ikki oylik muddat ichida Davlat inspeksiyasiga Vazirlar Mahkamasiga xususiy maktablar bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritish vazifasi topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют