» » Toshkentda nodavlat ta’lim rivojiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda nodavlat ta’lim rivojiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Toshkentda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur onlayn anjumanga ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari vakillari, hududlardagi ta’lim tizimi mutasaddilari taklif etildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Toshkenboyev va boshqalar ta’lim tizimidagi islohotlar xalq bilan muloqot tamoyili asosida amalga oshirilayotgani, barcha jabhalar rivojida samaradorlikni ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

O‘zbekistonda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini litsenziyalashni soddalashtirish, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni litsenziya asosida amalga oshirish tartibini joriy etish, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, nodavlat ta’lim xizmati ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‘nalishda litsenziya olishda Davlat xizmatlari agentligi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berish tartibining joriy etilgani e’tiborga molik.

Videoselektorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi va umumiy qoidalari, litsenziya talablari, bu boradagi zarur bo‘ladigan hujjatlar, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish mexanizmlari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida olib borilyotgan chora-tadbirlar keng va atroflicha tahlil etilib, zarur tavsiyalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют