» » Diplomi maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadigan oliygohlarning yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi

Diplomi maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadigan oliygohlarning yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘shma qaroriga asosan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan ta’lim muassasalarining yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ro‘yxat 3 ta yirik xalqaro reytinglar asosida ishlab chiqilgan:

TIME reyting bo‘yicha 500 talik

ARWU reyting bo‘yicha 500 talik

QS reyting bo‘yicha 500 talik

Ro‘yxatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan fuqarolarning diplomlari “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadi.

Nostrifikatsiya qilish uchun faqatgina diplomning haqiqiyligi tekshiriladi.

Hozirda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqib, nostrifikatsiyaning amaldagi tartibini takomillashtirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Bundan tashqari hujjatlarni onlayn topshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 14:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют