» » Diplomi imtihonsiz nostrifikatsiya bo‘ladigan xorijiy oliygohlar ro‘yxati tasdiqlandi

Diplomi imtihonsiz nostrifikatsiya bo‘ladigan xorijiy oliygohlar ro‘yxati tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi qaroriga asosan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladigan holatlar kengaytirilgan edi. Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan bitiruvchilarning diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshirilishi belgilandi.

Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z saytida ma’lum qilishicha, yaqinda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarori bilan shunday OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Qo‘shma qarorda uchta xalqaro tashkilot reytinglari hisobga olinishi belgilab qo‘yildi. Bular:

1) QS – Quacquarelli Symonds;

2) ARWU –  The Academic Ranking of World Universities;

3) THE – Times Higher Education.

Uchala xalqaro tashkilot reytingining dastlabki 500 talik ro‘yxatidan bir-biridan farqli ta’lim muassasalari joy olganligi sababli, O‘zbekistonda 500 ta emas, 712 ta xorijiy OTMlarning diplomlari maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiyalanadigan bo‘ldi.

Ro‘yxatdan jami 66 ta davlatning oliy ta’lim muassasalari joy olgan. Eng ko‘p AQShdagi oliygohlar kiritilgan – jami 157 ta. Keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya (60 ta), Germaniya (48 ta), Xitoy (45 ta), Italiya (35 ta), Fransiya (32 ta), Avstraliya (30 ta), Yaponiya (21 ta), Kanada (21 ta), Janubiy Koreya (16 ta), Ispaniya (16 ta) davlatlarining oliygohlari o‘rin egallagan.

Rossiyaning 13 ta ta’lim muassasasining diplomi to‘g‘ridan-to‘g‘ri nostrifikatsiyalanishi belgilandi. Bular:

Shuningdek, Qozog‘istonning 3 ta oliygohi ushbu ro‘yxatga kiritildi. Bular:

Saytda ushbu ro‘yxat bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 08:58)
+9 (голосов: 11)
Комментарии (1)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют