» » Namanganda noqonuniy ishlagan “Ziyo ilm” NTM faoliyati to‘xtatildi

Namanganda noqonuniy ishlagan “Ziyo ilm” NTM faoliyati to‘xtatildi


Namangan viloyatida noqonuniy ishlagan “Ziyo ilm” nodavlat ta’lim muassasasi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi O‘zA.

Mamlakatda ta’lim sohasida xususiy sektor salmog‘ini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda, xususan so‘nggi yillar ichida nodavlat ta’lim tashkilotlarini ochish, ularga litsenziya berish borasida qator yangilliklar joriy qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-sonli qaroriga asosan litsenziya berish jarayoni hududlarda, “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha, Davlat xizmatlari agentliklari orqali tashkil etildi.

Bundan tashqari, ariza bilan topshiriladigan hujjatlar soni to‘rttaga qisqardi, yangi qarorga muvofiq litsenziya berish muddati 10 kun ichida rasmiylashtirilishi zarurligi belgilandi. Biroq, shunday sharoitlar yaratilishiga qaramasdan, ayrim tadbirkorlar tomonidan litsenziya olmasdan faoliyat olib borish jarayonlari kuzatilmoqda.

Xususan, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Namangan viloyatida olib borilgan o‘rganishlar davomida, “Ziyo ilm” nodavlat ta’lim muassasasi noqonuniy faoliyat olib borayotganligi aniqlandi. Ushbu nodavlat ta’lim muassasasi litsenziyani qalbakilashtirgan holda faoliyat olib borayotganligi aniqlanib, uning faoliyatiga chek qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют