» » O‘zbekistonda barcha yuridik shaxslar avtomaktablar ochish huquqiga ega bo‘ldi

O‘zbekistonda barcha yuridik shaxslar avtomaktablar ochish huquqiga ega bo‘ldi


2018-yil 31-mayda Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 408-sonli qarori imzolandi, deb xabar beradi O‘zA.

Mazkur qarorga muvofiq, tashkiliy huquqiy shaklidan qat’iy nazar, barcha yuridik shaxslar, litsenziya asosida haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.

O‘z navbatida, mazkur qaror bilan barchaga teng hamda shaffof talablar qo‘yildi.

Oldin, mazkur faoliyat bilan “Vatanparvar” nodavlat notijorat tashkiloti, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Transkasb” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Avtomotohavaskorlar ko‘ngilli jamiyati hamda “Avtotest Report” MChJ shug‘ullanishi belgilab qo‘yilgan edi.

Endi, amaldagi avtomaktablar joriy yilning 1-avgustiga qadar litsenziya talablariga moslashishi hamda litsenziya olishi belgilab qo‘yildi.

Undan tashqari, mazkur soha bo‘yicha mavjud bo‘lmagan, haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan yagona davlat talablari ham tasdiqlandi.

Mazkur Hukumat qarori, “Vatanparvar” nodavlat notijorat tashkiloti, “Transkasb” uyushmasi hamda normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi davlat elektron portali qatnashchilari tomonidan berilgan takliflar asosida ishlab chiqildi.

“Demak, tadbirkorlik yana bir yo‘nalishi bugungi kunda ochildi hamda mazkur yo‘nalishdagi ishtirokchilarining ko‘payishi natijasida raqobat kuchayishi va xizmatlarning sifati oshishiga olib keladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют