» » Avtotestning haydovchilar malakasini oshirish borasidagi monopoliyasi bekor qilindi

Avtotestning haydovchilar malakasini oshirish borasidagi monopoliyasi bekor qilindi


Hukumat qarori bilan Avtotest kompaniyasining yuridik shaxslarga qarashli mashinalar haydovchilarining malakasini oshirish boyicha monopoliyasi bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi Huquqiy axborot kanali orqali malum qilindi.

Mamlakatda yol harakati xavfsizligini taminlashga qaratilgan choralarga qaramasdan hali-hanuz bu borada haydovchilar va yolovchilar xavfsizligini taminlashni natijadorligini yaxshi deb bolmaydi.

Haydovchilarni malakasini oshirish hukumatning yol harakati havfsizligiga oid strategik chora-tadbirlarining bir qismidir.

Avtotest Report MChJning avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boyicha erishgan yutuqlari, uning zamonaviy oquv-uslubiy texnologiyalardan foydalanilayotganligi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ushbu qaror bilan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining haydovchilarini malakasini oshirish uning zimmasiga yuklatilgan edi. Buni davlat-xususiy sherikchilikning oziga xos korinishi sifatida baholash mumkin.

Avtotest Report MChJ tajribasi, xususiy biznes tashkilotlari ham bu borada sifatli xizmatlar korsatishi mumkinligini va sohani rivojlantirish uchun navbatdagi qadamni qoyish vaqti kelganligini korsatdi.

Hukumat tomonidan kiritilgan takliflar va Avtotest Report MChJ tajribasi inobatga olinib, 23-fevraldagi qaror bilan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining haydovchilarini malakasini oshirish bilan 2018-yil 1-iyundan boshlab davlat talim muassasalari, shuningdek, nodavlat talim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bolgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi belgilandi.

Shuni takidlash kerakki, haydovchilarning yetarli bilim va malakaga ega bolishi nafaqat ozlari uchun balki barcha fuqarolarning xavfsizligi uchun nihoyatda muhim. Shu bois, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bogliq yonalishlar boyicha nodavlat talim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash uchun qoshimcha litsenziya talablari hamda shartlari ornatildi.

Bundan tashqari, qaror bilan avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boshqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaxslarga malaka oshirish majburiy emasligi belgilab qoyildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-02-2018, 00:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
20 ... -