» » O‘zbekistonning barcha hududlarida 2018-yilning yanvar oyidan haydovchilar malakasini oshirish markazlari ish boshlaydi

O‘zbekistonning barcha hududlarida 2018-yilning yanvar oyidan haydovchilar malakasini oshirish markazlari ish boshlaydi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 4-sentabr kuni “Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish hamda o‘qitishning innovatsion usullarini qo‘llagan holda ularning malakasini oshirish to‘g‘risida”gi 693-sonli qarorni qabul qildi.

Qaror yo‘l harakati xavfsizligini, fuqarolarning hayoti va salomatligini ta’minlash, YTHlardan ogohlantirish bo‘yicha choralarni kuchaytirish hamda tashkilotlar haydovchilari malakasini o‘qitishning innovatsion usullarini qo‘llagan holda oshirish tartiblarini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2018-yilning 1-yanvaridan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilari ikki yilda bir malaka oshirish kurslarida o‘qishi shart.

Mashg‘ulotlarni o‘tkazish Avtotest kompaniyasiga ishonib topshirildi, sababi bugungi kunda kompaniya zamonaviy o‘qitish usuli va texnik uskunalariga ega va haydovchilar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun zarur talablarga mos keladi.

6-noyabr kuni Avtotest markaziy o‘quv majmuasida O‘zbekistonning barcha hududlaridagi avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish markazlarining ochilishiga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan mediatur tashkil etildi. Mediatur ishtirokchilari avtomaktabda yaratilgan sharoitlar, uning moddiy-texnik, o‘quv-metodik bazasi, shuningdek o‘qituvchilar tajribasi bilan tanishdi.

Haydovchilar malakasini oshirish markazlari 2018-yilning 1-yanvariga qadar ish boshlashi kutilmoqda. Mashg‘ulotlar bir hafta davom etadi. Malaka oshirish darslari narxi eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida belgilandi. Mazkur to‘lov xususiy korxonalarda ish beruvchi tomonidan, budjet tashkilotlarida esa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

Avtotest Report MChJ malaka oshirish markazlarini yaratish va rivojlantirish uchun 25 milliard so‘m yo‘naltirmoqda. Markazlarda mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda, xususan Toshkent shahrida ham haydovchilar malakasini oshirish markazlari kurslarga qabul boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 103) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют