» » Kompaniyalarga tegishli mashinalar haydovchilari ikki yilda bir marta malaka oshiradigan bo‘ldi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish Avtotest kompaniyasiga topshirildi

Kompaniyalarga tegishli mashinalar haydovchilari ikki yilda bir marta malaka oshiradigan bo‘ldi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish Avtotest kompaniyasiga topshirildi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 4-sentabr kuni “Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish hamda o‘qitishning innovatsion usullarini qo‘llagan holda ularning malakasini oshirish to‘g‘risida”gi 693-sonli qarorni qabul qildi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda haydovchilar madaniyati va ularning avtotransport vositalarini bilish darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, haydovchilar malakasini doimiy oshirishga qaratilgan qonunlar talabi yetarlicha bajarilmayapti.

“Aksariyat hollarda yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositasini boshqarayotgan haydovchilar bo‘lmoqda”, — deyiladi qarorda.

Hujjatga ko‘ra, 2018-yilning 1-yanvaridan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilari ikki yilda bir malaka oshirish kurslarida o‘qishi shart.

Qaror yo‘l harakati xavfsizligini, fuqarolarning hayoti va salomatligini ta’minlash, YTHlardan ogohlantirish bo‘yicha choralarni kuchaytirish hamda tashkilotlar haydovchilari malakasini o‘qitishning innovatsion usullarini qo‘llagan holda oshirish tartiblarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilindi.

Qaror loyihasining qabul qilinishi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi 156-son qarorining 22-bandi amalda to‘la ijro etilmaganiga asoslangan. Unda fuqarolarni tashish bilan shug‘ullanuvchi transport vositalari haydovchilari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, bir yilda bir marta, yuk tashish bilan shug‘ullanuvchilar esa ikki yilda bir marta malaka oshirishi shartligi belgilangan.

Yangi qaror mashg‘ulotlarni qulay vaqtda o‘tash hamda o‘qiganlik to‘g‘risidagi talablarni unifikatsiyalash imkonini oshirdi.

Mashg‘ulotlarni o‘tkazish Avtotest kompaniyasiga ishonib topshirildi, sababi — “bugungi kunda kompaniya eng zamonaviy o‘qitish usuli va texnik uskunalariga ega va haydovchilar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun zarur talablarga mos keladi”.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan hukumat qarorini samarali tadbiq etish uchun Avtotest tomonidan o‘qitishning birlashtirilgan usulidan foydalangan holda avtotransport vositalari haydovchilari malakasini oshirish bo‘yicha Avtotest 3.0 o‘quv-uslubiy majmuasi ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, kompaniyada o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringi va rejasi bo‘yicha avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi o‘quv jarayoniga joriy etilgan.

Shuningdek, 2018-yil 1-iyuldan hukumat qarori bilan malaka oshirish kurslarida o‘qiganlik haqidagi sertifikatga ega bo‘lmagan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarishga mas’ul hamda o‘rnatilgan tartibga ko‘ra litsenziya/litsenziya kartalari amal qilishi to‘xtatilgan shaxslarga ma’muriy javobgarlik ham joriy etiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют