» » Toshkent shahrida YPX xizmati mototsikldagi guruhi patrullik qilishni boshladi 

Toshkent shahrida YPX xizmati mototsikldagi guruhi patrullik qilishni boshladi 


O‘zbekiston Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida tajriba tariqasida yo‘l-patrul xizmati mototsikldagi guruhi tuzildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu guruhga yo‘llar va ko‘chalarning harakatlanish qiyin bo‘lgan qatnov qismlarida, odamlar gavjum joylarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. YPX xodimi mototsiklda yengil avtomobilga qaraganda tirbandliklar hosil bo‘lgan, yo‘l-transport hodisalari ro‘y bergan yoki serqatnov chorrahada svetofor ishlamayotgan joylarga tezroq yetib boradi. Mototsiklning avtomobilga ko‘ra manyovr qilishi osonroq, gabaritlari ham ixcham.

YPX inspektori mototsiklni a’lo darajada boshqara olishi lozim. Shuning uchun ushbu guruhda mototsikl haydash malakasiga, ya’ni “A” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan xodimlar jamlangan va ularni boshqarish malakasini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar maxsus avtodromlarda o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar tugagach, 16-avgust kunidan YPX xodimlari mototsikllarda shahar ko‘chalari bo‘ylab patrullik qilishni boshladi. Agar tajriba o‘zini oqlasa, mototsikldagi YPX xodimlari doimiy tarzda poytaxt yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-08-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют