WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkent shahrida ko‘rish uchun qulay bo‘lgan yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda
Toshkent shahrida ko‘rish uchun qulay bo‘lgan yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda
Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yorqin sariq hoshiyali “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Yo‘l belgilariga sutkaning qorong‘u paytlarida ham yaxshi ko‘rinishi uchun nur qaytaruvchi plyonka tortilgan.
Bugungi kungacha mazkur belgilar Keles yo‘li va Mehr ko‘chalari, shuningdek, metroning “Chilonzor” bekati yaqinida, Kichik halqa yo‘li bo‘ylab o‘rnatildi.
Toshkent IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, bunday belgilar poytaxt yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash, yo‘lovchilar hayoti va salomatligini asrashga xizmat qiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?