» » 2017-yil O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq sodir bo‘lgan YTHlari oqibatida 2500 ga yaqin fuqaro vafot etgan

2017-yil O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq sodir bo‘lgan YTHlari oqibatida 2500 ga yaqin fuqaro vafot etgan


Xalqaro press klub sessiyasida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar muhokama etildi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekistonda 2017-yilda 10 mingdan ziyod yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 2500 ga yaqin fuqaro vafot etgan. Bunday hodisalarning oldini olish maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017-yil mart oyidan Toshkent shahrida kompyuterlashtirilgan yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish tizimi ishga tushirildi, bu tizim viloyatlarda ham keng joriy etilmoqda.

2018-yil 1-iyundan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Bu jarayonda ularga bir qator me’yoriy talab va shartlar qo‘yildi. Jumladan, haydovchilar malakasini oshirishni maqsad qilgan davlat yoki nodavlat ta’lim muassasalari, avvalo o‘quv jarayonida darslar o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borishi, rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishi, animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning mavjudligiga alohida e’tibor qaratishi shart.

Avvalroq, O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidasini buzganlik to‘g‘risidagi bayonnoma elektron shaklga o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют