» » O‘zbekiston OTMlarda attestatsiya sinovlarida ko‘chirmakashlikka qarshi kurash kuchaytiriladi

O‘zbekiston OTMlarda attestatsiya sinovlarida ko‘chirmakashlikka qarshi kurash kuchaytiriladi


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Nizomga ko‘ra, bitiruvchilar ayrim fan bo‘yicha, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi hamda bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi bo‘yicha attestatsiya topshirgan. Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ayrim fan bo‘yicha attestatsiya xorijiy tilga (oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga asosan kiritiladi) o‘zgartirildi, shuningdek endilikda diplom loyihasi himoyasi ham attestatsiya hisoblanadi.

Attestatsiyadan o‘tmagan bitiruvchilarning attestatsiyasi oliy ta’lim muassasasining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tuziladigan komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi — ilgari Davlat test markazi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan.

Shuningdek, attestatsiya sinovlarida mualliflikni o‘zlashtirishga (plagiatga) yo‘l qo‘yilmasligi mustahkamlandi. Bundan tashqari, attestatsiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs attestatsiya sinovini keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega bo‘ldi. Ilgari faqat uch yil ichida qayta topshirish mumkin edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют