» » Toshkent yuridik kollejida kadrlar attestatsiyadan o‘tkaziladi

Toshkent yuridik kollejida kadrlar attestatsiyadan o‘tkaziladi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi huzuridagi Toshkent yuridik kolleji faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Kollej o‘quvchilari o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida ulardan biri hayotdan ko‘z yumganidan so‘ng oktyabr oyi boshida ta’lim muassasasi direktori Natalya Temirova vazifasidan ozod etilib, kollej ma’muriyatiga nisbatan talon-tarojlikda gumon qilish bo‘yicha jinoiy ish ochilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, kollejda hodisaga qadar xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan, qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlangan.

Hukumat qaroriga muvofiq, “kollejdagi muhitni sog‘lomlashtirish va mavjud muammolarning tezkor yechimini topish maqsadida” kollej faoliyatini o‘rganish va uni takomillashtirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi.

Komissiyaga bir oylik muddatda kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda kollejni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega boshqaruv va pedagog kadrlar bilan to‘ldirish topshirildi.

Kollej Toshkent davlat yuridik universiteti tasarrufiga o‘tkazildi.

Shu bilan birga Toshkent yuridik kollejida o‘quv jarayonini tubdan yaxshilash, o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, shuningdek, kollejning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Qarorda o‘quvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartib bilan bir qatorda, o‘quv intizomi va kollej ichki tartib-qoidalarini buzganligi, shu jumladan, semestr davomida uzrsiz sabablarga ko‘ra darslarni 74 soatdan ortiq vaqt qoldirgani, shuningdek, odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun ham Toshkent yuridik kollejdan chetlashtirilishi belgilab quyildi.

Bundan tashqari, qarorda Toshkent davlat yuridik universitetiga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kollej uchun o‘quv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, yengil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek, kollej xodimi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash huquqi berildi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют