» » Moliya vazirligiga respublika budjetidan faqat umumiy foydalanishdagi yo‘llar uchun mablag‘ ajratish vazifasi qo‘yildi

Moliya vazirligiga respublika budjetidan faqat umumiy foydalanishdagi yo‘llar uchun mablag‘ ajratish vazifasi qo‘yildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktabr kuni yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatda jami yuklarning 98 foizi va yo‘lovchilarning 88 foizi avtomobil yo‘llari orqali tashiladi. Keyingi yillarda O‘zbekiston eksportida tayyor mahsulotlar ulushi ko‘payib bormoqda. Kelgusida uni yanada oshirish rejalashtirilgan. Tovarlarni manzilga tez va sifatli yetkazish uchun esa rivojlangan yo‘l infratuzilmasi kerak.

Yig‘ilishda ushbu sohani rivojlantirish, qurilish loyihalarini barqaror moliyaviy manba bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Avtomobil yo‘llarini qurish yoki ta’mirlash ishlariga xalqaro tashkilotlar va xususiy sheriklarni faol jalb qilish zarurligi ta’kidlandi. Jumladan, xalqaro va davlat ahamiyatiga ega 1 ming 600 kilometr uzunlikdagi yo‘llarga doir 18 ta yirik loyihani shunday hamkorlik asosida amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ichki yo‘llarni ta’mirlashda hududlarning ishtiroki sezilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Moliya vazirligiga respublika budjetidan faqat umumiy foydalanishdagi yo‘llarga, ichki yo‘llarga esa mahalliy budjetdan mablag‘ ajratish tartibini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.

Xorijiy davlatlarda yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik yaxshi rivojlangani qayd etildi. Yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini berish orqali loyihalarga investorlarni jalb qilish mumkinligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalar doirasida yo‘l bo‘yi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют