» » Aholiga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy yordam ro‘yxati ishlab chiqiladi

Aholiga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy yordam ro‘yxati ishlab chiqiladi


Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, ro‘yxat har yili Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli moliya va rejali davr uchun Davlat budjeti parametrlari tasdiqlanganidan keyin 15 kundan kechikmay ishlab chiqiladi.

Ro‘yxat tibbiy yordamning quyidagi turlari bo‘yicha shakllantiriladi:

Ro‘yxatga tibbiy xizmatlarning aniq turlari, shu jumladan, dori-darmonlar, sarflash materiallari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash kiritiladi.

Ro‘yxat tibbiy xizmatlar turlari va hajmlari belgilab olingan holda, tibbiyot tashkilotlari darajasi bo‘yicha shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, respublikada muqim yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lganda asoslantirilgan murojaatlar bilan ro‘yxatga kiritilgan tibbiy yordamni olish huquqiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют