» » Dallasda qo‘shnisini talonchi deb o‘ylab otib o‘ldirgan sobiq politsiyachi ayol 10 yilga qamaldi

Dallasda qo‘shnisini talonchi deb o‘ylab otib o‘ldirgan sobiq politsiyachi ayol 10 yilga qamaldi


Dallas vakillar sudi qo‘shnisi — afroamerikalik Botem Janni otib o‘ldirgan sobiq politsiyachi ayol Ember Gaygerga nisbatan o‘n yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi, deb yozadi Meduza.

Gayger muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilinishi uchun besh yildan so‘ng da’vo qila oladi.

Marhumning advokati Lee Merritt ayolga nisbatan berilgan jazoni qilmishga nisbatan yengil deb atagan. Gayger umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin edi.

Sud majlisi davomida marhumning ukasi Ember Gaygerni kechirishini aytgan hamda uni quchoqlab qo‘ygan.

Amber Gayger 26 yashar afroamerikalik Botem Janni 2018-yil avgustida o‘ldirgandi. 15 soatga cho‘zilgan smenadan so‘ng uyiga qaytgan Amber bu yerda erkak kishini ko‘rib qolib, uni bosqinchi deb o‘ylaydi va otib tashlaydi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, Gayger qavatlarni adashtirib, tasodifan Janning kvartirasiga kirib qolgan.

Ember Gaygerning ishi AQShda qurolsiz afroamerikaliklarning politsiya tomonidan bir necha marotaba otib tashlanishi tufayli keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

AQShda politsiyachilar tomonidan qora tanlilarga zug‘um o‘tkazilishiga qarshi chiquvchi Black Lives Matter harakati faoliyat yuritadi.

Mavzuga doir: Dallas politsiyasining sobiq xodimasi qotillikda aybdor deb topildi. U uyini boshqa qavatdagi kvartira bilan adashtirib, qo‘shnisini otib qo‘ygandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют